Falsafa va fan metodologiyasi
N.Shermuhamedova. Falsafa va fan metodologoyasi. Т., «Aloqachi», 2008, 400 bet.
Darslik falsafa va fan metodologiyasi dasturi asosida davlat ta’lim standartlariga mos ravishda tayyorlangan. Unda asosiy e’tibor fan taraqqiyoti tarixi, yo‘nalishi, darajalari, metodologiyasi, fan falsafasining dolzarb muammolari, fanning inson va jamiyatdagi roli, istiqbollari va undagi mavjud muammolar falsafiy tahlil qilingan.
Darslik falsafa va fan metodologiyasi muammolari bilan shug‘ullanuvchi o‘tmish va hozirgi zamon olimlarining ilmiy asarlariga asoslangan (adabiyotlar ro‘yxati kitobning oxirida berilgan) va faylasuflar, bakalavrlar, magistrlar, aspirantlarga, shuningdek, fan metodologiyasi taraqqiyoti haqida tasavvurga ega bo‘lishni xohlovchilarga mo‘ljallangan.