Geodeziya
Respublikamizning iqtisodiy yuksalishi suv xo’jaligi va melioratsiyaning bundan keyingi rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. Shu sababli mamlakatimizda yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, gidrotexnik inshootlarni ishlatishni to’g’ri yo’lga qo’yish hamda yirik gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta‘minlash, sug’oriladigan yerlar unumdorligini oshirish, sug’orish tarmoqlarida va sug’orish jarayonida suvning behuda isrof bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kabi masalalarga jiddiy e‘tibor berilmoqda. Suvga bo’lgan munosabatlarni tubdan isloh qilish maqsadida mamlakatimizda qator Qonun va Qarorlar qabul qilindi, 1993 yilda qabul qilingan «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida», 1999 yilda qabul qilingan «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risida» gi Qonunlar shunday huquqiy xujjatlar jumlasiga kiradi.